Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati


Konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati

 

Konstitutsiya o‘zida insonning xalqaro umumeʼtirof etilgan asosiy huquq va majburiyatlarini o‘zida jamlagan va oliy yuridik maqomga ega hujjatdir. Uni xalqchil tilda tushuntiradigan bo‘lsak, Konstitutsiya insonlarga mamlakatida erkin yashash, o‘zini yurt himoyasida ekanligini his qilishlari uchun sharoit yaratadi. Ushbu Konstitutsiya fuqarolarga muayyan huquq va o‘z navbatida majburiyatlarni ham yuklaydi. Shu kunga qadar qabul qilingan qonun, qaror, farmon, kodeks va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning barchasi Konstitutsiyaga asoslanadi va uni to‘ldiradi.

Shunday ekan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar barchamiz uchun o‘ta muhim va ahamiyatlidir. Qolaversa, hozirda har bir fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga taklif berish bo‘yicha barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Maʼlumki, inson qadrini ulug‘lash, har kimning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bosh qomusimiz loyihasini ishlab chiqishda birinchi yo‘nalish sifatida “Inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari masalasi” belgilandi. Shuningdek Bosh qomusimizda homiladorligi yoki yosh bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi haqidagi qoidani konstitutsiyaviy darajada belgilab qo‘yilishi ham mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlanayotganining amaliy tasdig‘i bo‘ladi. Haqiqatdan ham ushbu muammo bilan ko‘plab xotin-qizlar to‘qnashadilar va bu Ombudsmanga yuboriladigan murojaatlarda ham o‘z aksini topgan. Bu esa jamiyatimizda erkak va ayollarga teng sharoitlar yaratish kerakligi bo‘yicha normaning samarali ishlashiga zamin yaratadi. Shu jihatdan ham Ombudsman yuqoridagi qoidaning Konstitutsiyamizda aks etishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Bu bilan xotin-qizlarning o‘ziga va davlatga bo‘lgan ishonchi yana-da ortadi.

         Xulosa qilib aytganda, konstitutsiyaviy islohotlar xalqimiz hayotini yaxshilashda huquqiy asos bo`lib xizmat qilishi asosiy maqsaddir.

 

 

Bekobod shahar adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                                                 F.Mamatov