Янгиликлар
Xotin-qizlar huquqlari va gender tengligini ta’minlash
Xotin-qizlar huquqlari va gender tengligini ta’minlash
Qayd etish lozimki, yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish, ularning maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, salomatligini mustahkamlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha imkoniyatlar hamda huquqiy kafolatlar yaratilgan.
Mamlakatda sog‘lom oilani shakllantirish, oilada yuksak darajadagi maʼnaviy-axloqiy muhitni qaror toptirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni oila qurishga tayyorlash, oila mustahkamligini taʼminlash va uning manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom bola tug‘ilishi va uni tarbiyalash masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Bu boradagi islohotlar respublikamizning chekka hududlariga yetib borishi va xotin-qizlar davlatning qo‘llab-quvvatlashi va himoyasida ekanini bilishi zarur.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan hozirgi kunda “Ayollar daftari”da 630 mingdan ziyod xotin-qiz ro‘yxatda turgani, ulardan 200 ming nafari ishsiz ekani hamda ayollar o‘rtasida jinoyatchilik, oilada zo‘ravonlik va tazyiq holatlari, afsuski, hali ham uchrayotgani kuyinchaklik bilan qayd etildi. Ushbu raqamlar esa bevosita islohotlarning barcha mahallalar kesimida birday ishlamayotganini, joylardagi baʼzi mansabdor shaxslar tomonidan murojaatlar yuzaki ko‘rilayotganidan dalolat.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar taʼlimini qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqilishi jamiyatimizda olima ayollar ulushini sezilarli oshirish xizmat qiladi. Chunki dasturga ko‘ra, davlat-xususiy sherikchilik asosida to‘qimachilik sohasida alohida universitet tashkil etish, yangi o‘quv yilidan boshlab, taʼlim kontraktlarini to‘lash uchun qizlarga ilk marotaba 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mamlakatda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yana bir muhim qadam qo‘yildi. Maqsad aniq va ulug‘vor, harakatda esa hamohanglik bo‘lishi zarur.
Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov