Янгиликлар
Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish tartibi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish tartibi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 344-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til harbiy xizmatni o‘tash uchun, salomatligini tiklash uchun, homiladorlik va tug‘ish uchun, bolalarni parvarish qilish uchun, oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun berilishi mumkin. Shuningdek ushbu Nizomning 6-bandiga asosan akademik ta’til olish uchun talaba (sog‘lig‘i holatiga ko‘ra talaba shaxsan murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki turmush o‘rtog‘i) tomonidan oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.
Talaba akademik ta’tilning muddati tamom bo‘lgandan so‘ng o‘qishga qaytish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilishi shart.Talaba akademik ta’tildan belgilangan muddat tamom bo‘lgandan so‘ng o‘qishga qaytish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilgan taqdirda uning arizasini asossiz ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu holat bo‘yicha mas’uliyat shaxsan oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) zimmasiga yuklanadi.
Bekobod shahar Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti J.Norqo‘ziyev