Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

QUYIDAGI XODIMLAR BILAN MEHNAT SHARTNOMASI 3 NUSXADA TUZILADI.


QUYIDAGI XODIMLAR BILAN MEHNAT SHARTNOMASI 3 NUSXADA TUZILADI.

 

Yangi Mehnat kodeksining 508-moddasiga ko’ra, xodim va yakka tartibdagi tadbirkor oʼrtasidagi mehnat shartnomasi 3 nusxada tuziladi, ulardan biri yakka tartibdagi tadbirkorda qoladi, ikkinchisi yollanma xodimga beriladi, uchinchisi esa yakka tartibdagi tadbirkorning soliq boʼyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Mehnat shartnomasining nusxasini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish elektron shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.

Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollanma xodimlarni ishga qabul qilish buyruq eʼlon qilmasdan amalga oshiriladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlovchi xodimlarga mehnat daftarchalari yuritilmaydi.

Yangi Mehnat kodeksining 515-moddasiga ko’ra, uy ishchisi bilan mehnat shartnomasi 3 nusxada tuziladi, ulardan biri ish beruvchi boʼlgan jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi, ikkinchisi ish beruvchida qoladi, uchinchisi esa xodimga beriladi.

Uy ishchilarini ishga qabul qilish buyruq eʼlon qilinmasdan amalga oshiriladi.

Uy ishchilariga mehnat daftarchalari yuritilmaydi.

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi boshlig`i

Oybek Buriyev