Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Intellektual mulk huquqida “Mualliflik shartnomasi”ning qanday turlari bor


Intellektual mulk huquqida “Mualliflik shartnomasi”ning qanday turlari bor

 

Bugungi kunda texnologiya kundan-kunga rivojlanib, jamiyatning har bir sohasiga keng ravishda kirib bormoqda. Ayniqsa, interknit tarmog`idan foydalangan holda o`zimizga kerakli ma’lumotlarni qizqa vaqt ichida topishimiz hatto mazkur ma’lumotlardan foydalangan holda daromad qilishimiz ham mumkin. Bu esa o`z-o`zidan qonunda belgilangan tartibdagi intellectual mulk huquqlarini, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni buzilishiga olib keladi. Xususan, intellektual mulk obyektlaridan muallif ruxsatisiz foydalanish: plagiat, noqonuniy savdo, kontrafakt mahsulotlarni onlayn ko‘rinishda tirojatlashtirishda aks etmoqda[1]

Mualliflik shartnomasi deyilganida, bir tomondan fan, adabiyot va san'at asarining muallifi yoki uning ish beruvchisi yoxud boshqa mulkiy mualliflik xuquqlarining egasi, boshqa tomondan asardan foydalanuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma tushuniladi. Ushbu shartnomaga binoan muallif foydalanuvchiga haq evaziga, shartlashilgan usulda va belgilangan muddatda asardan foydalanish xuquqini berishni, foydalanuvchi esa asardan o‘ziga berilgan xuquqqa muvofiq foydalanish va haq to‘lash majburiyatini zimmasiga oladi

Demak, mualliflik shartnomasi huquq egasi (muallif, ish beruvchi va boshqa mualliflik huquqlarining egasi)ga tegishli bo`lgan huquqlarni (huquqlar doirasi ko`rsatiladi) muayyan bir maqsadda (tijoratlashtirish bo`lishi mumkin) foydalanuvchi maqomida bo`lgan shaxs bilan tuzilgan shartnoma ekan. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunning 38-42-moddalari bevosita mualliflik shartnomalariga bag`ishlangan. Qonunning 38-moddasiga ko`ra, muallifning mulkiy huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi asosida yoki mutlaq bo‘lmagan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin. Moddiy obyektga bo‘lgan mulk huquqini yoki moddiy obyektga egalik qilish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish shu obyektda aks ettirilgan asarga bo‘lgan biron-bir mualliflik huquqining o‘z-o‘zidan boshqa shaxsga o‘tkazilishiga sabab bo‘lmaydi.

Shu bilan birga asardan foydalanish usulidan kelib chiqqan holda mualliflik shartnomalari quyidagi turlarga bo`linishi mumkin:

 nashriyot mualliflik shartnomasi;

 ssenariy mualliflik shartnomasi;

 qo‘lyozmani deponentlashtirish mualliflik shartnomasi;

 manzarali-amaliy san'at asarini sanoatda foydalanish mualliflik shartnomasi;

 asarni efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish berishning mualliflik shartnomasi;

 badiy asar buyurtmasining mualliflik shartnomasi;

 namoyishning mualliflik shartnomasi

Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib, xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, mualliflik huquqi shartnomalarini amalyotga keng qo`llashni tatbiq qilish kerak, zarur bo`lsa, xalqning bu shartnoma turi haqidagi huquqiy savodxonligini oshirish lozim.

 

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi

Jahongir Zokirov

 




[1] Bakhramova, Mokhinur. "The principles of Intеrnаtionаl Аrbitrаtiоn." Барқарорлик ва Етакчи Тадқиқотлар онлайн илмий журнали 1.6 (2021): 124- 133. http://sciencebox.uz/index.php/jars/article/view/428