Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Taʼtil jadvalida qanday taʼtillar aks ettiriladi?


Taʼtil jadvalida qanday taʼtillar aks ettiriladi?

 

Amaldagi MK 144-moddasiga asosan shu oy oxirigacha keyingi yilda beriladigan mehnat taʼtillari jadvalini shakllantirish kerak. Xoʻsh, mehnat taʼtili jadvalida qanday taʼtillar aks etishi kerak?

Taʼtil jadvali quyidagi taʼtillarni oʻz ichiga olishi kerak: haq toʻlanadigan yillik asosiy taʼtil; haq toʻlanadigan yillik qoʻshimcha taʼtil; joriy yil davomida xodim tomonidan foydalanilmagan va keyingi yilga koʻchirilgan taʼtil.

Yillik asosiy taʼtilning davomiyligi, odatda, 15 kalendar kun (amaldagi Mehnat kodeksining 134-moddasi).

Shuningdek, xodimlarning ayrim toifalari uchun qonunchilik yillik uzaytirilgan asosiy taʼtilni ham nazarda tutadi. Masalan, amaldagi kodeksning 135-moddasiga muvofiq ushbu toifalarga quyidagilar kiradi:

➖oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga — 30 kalendar kun;

➖ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — 30 kalendar kun.

Ayrim toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining oʻziga xos jihatlari va xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni eʼtiborga olib, qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha taʼtillar ham belgilanadi. Masalan:

➖mehnat sharoiti noqulay va oʻziga xos boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlarga (137-modda);

➖ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga (138-modda);

➖mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda xodimlarga yillik qoʻshimcha taʼtillar beriladi.

Yillik mehnat taʼtilining umumiy muddatini hisoblashda qoʻshimcha taʼtillar asosiy taʼtil bilan umumlashtiriladi (MKning 140-moddasi). Misol uchun, xodim I.B.Sharipov quyidagi huquqlarga ega:

ü uzaytirilgan asosiy taʼtil (30 kalendar kun);

ü koʻp yillik xizmati uchun qoʻshimcha taʼtil (8 kun);

ü zararli mehnat sharoitida ishlash uchun qoʻshimcha taʼtil (7 kun).

Shunday qilib, bu misol boʻyicha taʼtil jadvalida siz 45 kun davom etadigan taʼtilni rejalashtirishingiz kerak (toʻliq 45 kun yoki xodim bilan kelishilgan holda, taʼtilni qismlarga boʻlingan holda).

Taʼtil jadvalini ishlab chiqayotgan vaqtda ish beruvchi va kadrlar xizmati xodimi, alohida imtiyozlarga ega boʻlgan xodimlarning xohish-istaklarini, ularning qaysi vaqtda taʼtilga chiqishni hoxlashlarini inobatga olishlari kerak. Yaʼni, Mehnat kodeksining 144-moddasiga asosan quyidagi xodimlarga taʼtil ularning xohishiga koʻra yozgi yoki ular uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda berilishi kerak:

➖14 yoshga toʻlmagan bitta yoki undan ortiq bolani (16 yoshga toʻlmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolgʻiz ota, yolgʻiz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolgʻiz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga;

➖I va II guruh nogironlariga;

➖1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

➖18 yoshga toʻlmagan shaxslarga;

➖taʼlim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqiyotganlarga;

➖jamoa shartnomasi, kelishuvida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

 

 

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi boshli`g`i O.Buriyev