Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Transport boshqaradigan xodimlar boʻyicha “nozik” yangilik.


Transport boshqaradigan xodimlar boʻyicha “nozik” yangilik.

 

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida transport xodimlari uchun alohida modda, yaʼni 500-modda ajratildi.

Bunga koʻra, transport xodimlari ishga qabul qilinish chogʻida dastlabki va ish jarayonida, yaʼni davriy majburiy tibbiy koʻriklardan oʻtishi aniq qilib belgilab qoʻyilmoqda.

Lekin asosiy yangilik, 500-moddaning 4-qismida turibdi, yaʼni:

“transport xodimlariga transport vositalarini boshqarish yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqarish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ishda oʻrindoshlik asosida ishlashga ruxsat etilmaydi”.

Xulosa qilib aytsak, kelasi yil 30-apreldan boshlab transport vositalarini yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqaradigan ishlarda oʻrindoshlik asosida ishlash taʼqiqlanadi.

 

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi bosh maslahatchisi

Erkin Eshonboboyev