Янгиликлар
OʻQITUVCHILAR HAFTADA NECHA SOAT TOʻGARAK OʻTISHI MUMKIN?
OʻQITUVCHILAR HAFTADA NECHA SOAT TOʻGARAK OʻTISHI MUMKIN?
Xalq taʼlimi vazirining 2017-yil 1-dekabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayonini natijadorligini taʼminlashda xalq taʼlimi boshqaruv idoralari va taʼlim muassasalari rahbarlari masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi 367-son buyrugʻining 2-bandida barcha fan oʻqituvchilari tomonidan (pedagogik yuklamasiga muvofiq oʻquvchilar bilan individual ishlash hisobidan) hafatasiga 2 marotaba 2 soatdan fan toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻyishi va ularning oʻtkazilishi vaqti (soati, kuni va sanasi) haqida ota-onalarni yozma ravishda xabardor qilish lozimligi aytilgan.
Shuningdek, oʻqituvchilarning lavozim majburiyatlarida ham oʻquvchilarning qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida oʻz fani boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlarini oʻtishi lozimligi qayd etilgan.
Demak toʻliq bir stavka yoki undan ortiq miqdorda dars oʻtadigan oʻqituvchilar pedagogik yuklamasiga muvofiq haftasiga 2 marotaba toʻgarak mashgʻulotlarini oʻtishi kerak boʻladi.
Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi
Jahongir Zokirov