Янгиликлар
XUSUSIY FIRMADAN ISHDAN BOʻSHAGANDA TAʼTIL PULINI OLSA BOʻLADIMI?
XUSUSIY FIRMADAN ISHDAN BOʻSHAGANDA TAʼTIL PULINI OLSA BOʻLADIMI?
Xodim ishdan boʻshagan vaqtdagi uning oʻrtacha ish haqidan kelib chiqib kompensatsiya hisoblanadi.
Mehnat kodeksi 151-moddasiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Shu qoidaga koʻra xodim ishdan boʻshagan vaqtda foydalanilmagan mehnat taʼtili uchun kompensatsiya olishi lozim.
Endi qarang! Yillik mehnat taʼtili vaqtida saqlanib qolinadigan oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2985) 18-bandiga asosan mehnat taʼtili haqi miqdorini hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan oʻrtacha ish haqini Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda eʼlon qilinadigan har bir kalendar yilga ish vaqti kalendari (ish vaqti balansi) boʻyicha aniqlangan olti kunlik ish haftasida joriy kalendar yildagi ish kunlarining oʻrtacha oylik soniga boʻlish orqali hisoblab chiqiladigan xodimning oʻrtacha kunlik ish haqidan kelib chiqib aniqlanadi.
Aynan shu qoidaga koʻra kompensatsiya miqdori xodim ishdan boʻshagan vaqtidagi oʻrtacha oylik ish haqi boʻyicha aniqlanadi.
Xulosa qiladigan boʻlsak, siz oʻz tashabbusingiz bilan ishdan boʻshaganingizda sizga Mehnat kodeksi 110-moddasi bilan hisob-kitob (raschyotnoy) qilinib, foydanilmagan mehnat taʼtili puli toʻlanishi kerak edi. Bu masalada tuman adliya boʻlimiga murojaat qilishingiz lozim.
Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi
Jahongir Zokirov