Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

TOVAR BELGISI QANDAY RO‘YXATGA OLINADI?


TOVAR BELGISI QANDAY RO‘YXATGA OLINADI?

 

O‘zbekiston Respublikasida tovar belgisini ro‘yxatga olish yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan Intellektual mulk departamentiga talabnoma topshirish orqali amalga oshiriladi.

Talabnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:

·        tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;

·        talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;

·        belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati.

Shuningdek, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

·        talabnoma berganlik uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

·        talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi.

 

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi

Jahongir Zokirov