Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat qonunchiligida ishdan bo`shatish tartibi


Mehnat qonunchiligida ishdan bo`shatish tartibi

Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish haqida xodimni quyidagi muddatlarda yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi shart:

kamida ikki oy oldin — mehnat shartnomasi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi, korona mulkdori almashganligi munosabati bilan, shuningdek xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lgan taqdirda bekor qilinganda, kamida ikki hafta oldin – mehnat shartnomasi xodimning malakasi etarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi munosabati bilan bekor qilinganda, kamida uch kun oldin mehnat shartnomasi xodim aybli xatti-harakatlar sodir etganligi munosabati bilan bekor qilingan hollarda. Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi ozgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining ozgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bolgan xodimlarga beriladi.

Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:

  • qaramog‘ida ikki yoki undan ortiq kishi bo‘lgan xodimlarga;
  • oilasida undan bo‘lak mustaqil ish haqi oluvchi bo‘lmagan shaxslarga;
  • mazkur korxonada ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga;
  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tegishli mutaxassislik bo‘yicha malakasini oshirayotgan xodimlarga va oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarini tamomlagan shaxslarga o‘qishni tugatib mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotgan xodimlarga ikki yil mobaynida;
  • mazkur korxonada mehnatda mayib bo‘lib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;
  • urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
  • atom ob’ektlaridagi falokatlar oqibatida kasalliklarga yo‘liqqan shaxslarga; ushbu falokatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarga va mazkur zonalardan evakuatsiya qilingan shaxslarga.

 

Ohangaron shahar adliya

bo`limi bosh maslahatchisi                                                                   O.Annakulov