Янгиликлар
Ozodlikdan mahrum etish jazosini ijro etish muassasalarida nikohni qayd etish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini ijro etish muassasalarida nikohni qayd etish
Oila kodeksinig 217-moddasiga ko’ra, tergov hibsxonalarida, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslar bilan tuziladigan nikohni qayd etish ushbu muassasa joylashgan erdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida” qarorinig 3-bobida ozodlikdan mahrum etish joylaridagi shaxslar bilan nikohni qayd etish tartibi aytib o’tilgan. Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o’tayotgan shaxslar bilan nikohni qayd etish shu muassasa joylashgan hududdagi FHDY organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs, nikohga kirish haqidagi maxsus blankadagi arizaning o’ziga taalluqli qismini to’ldirib o’zi doimiy yashayotgan yoki jazoni ijro etish muassasasi joylashgan hududdagi FHDY organiga topshiradi. FHDY organi arizada keltirilgan maъlumotlarni ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan solishtiradi, arizada qayd etilgan maъlumotlarning to’g’riligini va arizachining imzosini tasdiqlaydi va unga arizani qaytaradi. Shundan so’ng mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs bu arizani mahkumga berishi uchun jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatiga topshiradi. Mahkum bilan nikohga kirish haqidagi arizani olgandan keyin, jazoni ijro etish muassasasi maъmuriyati uni tegishli joyini to’ldirish uchun mahkumga taqdim etadi. Jazoni ijro etish muassasasi maъmuriyati to’ldirilgan arizadagi maъlumotlarni mahkumning shaxsiy yig’majildidagi maъlumotlar (mahkumning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo’lmagan taqdirda ham) bilan solishtiradi, ularning haqiqiyligini va imzosini tasdiqlaydi va arizani jazoni ijro etish muassasasi joylashgan mazkur hududdagi FHDY organiga yuboradi. Bunda ariza FHDY organi tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin shu kunning o’zida nikohga kiruvchi mahkumning tibbiy tekshiruvdan o’tishi uchun yo’llanma va nikohni qayd etish vaqtini belgilash to’g’risidagi xabarnoma jazoni ijro etish muassasasi maъmuriyatiga yuboriladi. Agar mahkumning shaxsiy yig’majildida uning oilaviy ahvoli to’g’risida maъlumotlar to’liq bo’lmasa, kam yoki noaniq bo’lsa, u holda jazoni ijro etish muassasasi maъmuriyati bu maъlumotlarni tegishli tashkilotlar va muassasalar orqali ularni talab qilib olish yoki aniqlash choralarini ko’radi. Jazoni o’tash muassasalari maъmuriyati mahkumni nikohdan oldin tibbiy ko’rikdan belgilangan tartibda o’tkazadi. Mahkum bilan nikohni qayd etish FHDY organi bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish muassasasi maъmuriyati tomonidan ajratilgan binoda nikohga kiruvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi. Mahkum bilan nikohga kiruvchi shaxsga FHDY organi tomonidan nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma beriladi.
Ohangaron shahar adliya
bo`lim bosh maslahatchisi O.Annakulov