Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Turar joyni noturar joyga aylantirish tartibi


Turar joyni noturar joyga aylantirish tartibi

Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori asosida amalga oshiriladi.

Ariza beruvchilar bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

O‘zi kelib murojaat etganda DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda so'rovnomani to'ldiradi.

So‘rovnomaga bino va inshoot fasadining elektron ko‘rinishdagi eskiz loyihasi ilova qilinadi.

Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 30% miqdorida, YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im  summasining 90% undiriladi.

So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi va davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. 

Xizmat ko‘rsatish muddati 5 ish kuni.

 

Ohangaron shahar adliya

Bo`limi bosh maslahatchisi                                                                                                             O.Annakulov