Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Voyaga yetmagan bolalarga aliment to`lash tartibi


Voyaga yetmagan bolalarga aliment to`lash tartibi

Voyaga yetmagan bolalarning aliment taʼminoti deganda nima tushuniladi? 

Oila kodeksiga muvofiq ota-ona voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berishlari shart. Voyaga yetmagan bolalariga aliment toʻlash va ularga taʼminot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir, aliment toʻlovi ota-onaning biri tomonidan ikkinchisiga, yaʼni voyaga yetmagan bola tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan ota yoki onaga beriladi (Oila kodeksining 96-97 moddalari) 

       Aliment toʻlovlarini ixtiyoriy toʻlash deganda nima tushuniladi? 

Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish uchun aliment miqdorini, shaklini va toʻlash tartibini belgilovchi aliment toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan kelishuvni tuzishga haqlidir. Mazkur oʻzaro kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid boʻlmasligi kerak (Oila kodeksining 98-moddasi). Oʻzaro kelishuv aliment taʼminoti masalasini hal qilishning nafaqat eng tinch, balki eng tejamli yoʻlidir. Kelishuvni tuzish jarayonida davlat notariusi mazkur kelishuv birinchi navbatda voyaga yetmagan bola manfaatlarini taʼminlashga qaratilganligini inobatga olishi shart. Ushbu hujjat yozma shaklda tuzilib, ota-ona tomonidan imzolanib, davlat notariusi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Oʻzaro kelishuv er-xotin, sobiq er-xotin hamda nikohi rasmiylashtirilmagan, umumiy farzandlari mavjud shaxslar oʻrtasida tuzilishi mumkin. Faqat tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomada ota-ona sifatida koʻrsatilgan shaxslargina kelishuv tomonlari boʻla olishlari mumkin.

Notarial tasdiqlanayotgan aliment kelishuvi boʻyicha davlat boji kelishuv summasining 1%ini tashkil etadi. Shu bilan birga aliment kelishuvini tuzishda davlat notariusining texnik xizmatlariga oid xarajatlar ham undiriladi. Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv taraflarning oʻzaro roziligi bilan istalgan vaqtda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

 

Ohangaron shahar adliya

bo`limi bosh maslahatchisi                                                                                                        O.Annakulov