Янгиликлар
Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida
Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi qonun haqida so'z borganda, mamlakatimizda xotin-qizlarning turmush tarzini yaxshilash, ularning jamiyat hayotining barcha jabhalarida ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, onalik va bolalikning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy himoya qilinishini ta'minlashning mustahkam huquqiy kafolatlari mavjud ekanini qayd etish lozim. Davlatimiz rahbarining tashabbusi asosida Oliy Majlis Senatida yangi qo'mita – Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo'yicha qo'mita tuzildi. O'z navbatida, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi qonunning qabul qilingani gender tenglikni ta'minlash yo'lidagi yana bir muhim qadam hisoblanadi. O'z navbatida, “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida”gi qonun xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, ta'lim muassasalarida va boshqa joylarda tazyiq hamda zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Shu jumladan, ushbu qonunda tazyiq va zo'ravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik, tazyiq hamda zo'ravonlikni boshidan o'tkazgan shaxslarni himoya qilishni, shuningdek jamiyatda ayollarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning har qanday namoyon bo'lishiga murosasiz munosabat muhitini qaror toptirishni nazarda tutuvchi protsessual kafolatlarni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar
ko'rsatilgan.
Xorijiy tajribani o'rganish hozirda zo'ravonlikka, xususan maishiy zo'ravonlikka, xotin-qizlarga nisbatan qo'llaniladigan tazyiq va zo'ravonlikka qarshi kurashish muammosiga katta e'tibor berilayotganidan darak bermoqda. Bu masalani tartibga soladigan maxsus qonunlar 120 dan ortiq mamlakatda qabul qilingan.
Ohangaron shahar adliya
bo`limi bosh maslahatchisi O.Annakulov