Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Yo`qolgan kadastr pasporti tiklanish tartibi


Yo`qolgan kadastr pasporti tiklanish tartibi

Yo'qolgan kadastr pasportini tiklash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida”gi 535-son qarori bilan tartibga solinadi.

Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat etadi yoki O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tadi.

Ariza beruvchilar o'zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so'rovnomani elektron shaklda mustaqil to'ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so'rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

So'rovnomaga ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Kadastr (yig'majildi) pasporti yo'qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog'oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

 

Ohangaron shahar adliya

bo`limi bosh maslahatchisi                                                                                                    O.Annakulov