Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Konstitutsiyaviy islohotlar: barchasi inson qadri uchun


Konstitutsiyaviy islohotlar: barchasi inson qadri uchun

“Oʼzbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir”

Shavkat MIRZIYOEV

Oʼzbekiston Konstitutsiyasi 30 yoshga toʼlmoqda. Oʼtgan yillar ichida mamlakatda zamona-viy texnologiyalar, fuqarolarning turmush darajasini oshirish va milliy iqtisodiyotning barqarorligini taʼminlash boʼyicha ulkan oʼzgarishlar roʼy berdi.

Yaʼni Bosh qomus, eng avvalo, xalqimizning huquq va manfaatlarini oliy oʼringa qoʼygan holda oʼzining qatʼiy normalarini hayotga tatbiq eta olgan hujjatdir. Ushbu qatʼiy normalar 2022 yilga kelib Yangi Oʼzbekistonning huquqiy poydevori sifatida mustahkamlash zaruratini uygʼotdi. Taʼbir joiz boʼlsa, bu shunchaki zarurat emas, balki, mamlakatimizda boshlangan buyuk oʼzgarishlar davri – uchinchi Renessans poydevorini barpo etishning muhim shartidir.

Mana shu islohotlarni faol kuzatuvchisi sifatida aytishim mumkinki, bundan yigirma yil avvalgi fuqarolarimiz faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʼlmagan, davlat va jamiyat faoliyatiga aralashmagan yoki aralashishni istamagan boʼlsa, hozir zamon oʼzgardi. Odamlarda davlatning har bir jabhasida olib borilayotgan siyosiy oʼzgarishlarga oʼz fikri va qarashlari shakllandi.

Eʼtiborlisi shundaki, Oʼzbekiston Prezidenti hukumat vakolatlarini kengaytirish, Vazirlar Mahkamasi va hokimliklarning ekologiya, yoshlar, oilani qoʼllab-quvvatlash, nogironligi boʼlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish, jamoat transportini rivojlantirish, aholining dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratish, fuqarolik jamiyati institutlarini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha masʼuliyatini Konstitutsiyada belgilash lozimligini taʼkidlamoqda. Oʼzbekiston xalqining ham Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgartishlar mamlakat suverenitetini, davlatning ijtimoiy mohiyatini tobora mustahkamlab borishiga ishonchi komil. Binobarin, muhokamaga qoʼyilgan koʼplab tuzatishlar insonparvarlik tamoyillariga asoslangan, hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi.

“Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi boʼyicha Bosh Qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq oʼzgartish va qoʼshimchalar, 16 ta normani oʼz ichiga olgan 6 ta yangi modda (prim-moddalar) qoʼshish taklif etilmoqda. Mazkur taklif etilayotgan normalarga xalqimizning munosabatini Referendum oʼtkazish yoʼli bilan aniqlash rejalashtirildi.

Shu oʼrinda mamlakatimizda oʼtgan uch yil mobaynida sud-huquq sohasini demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud hokimiyatining fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirish borasida bir qator muhim islohotlar amalga oshirildi. Аna shu maʼnoda Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109, 111, 112, 116-moddalari har jihatdan boyitiladigan boʼldi.

Masalan, 109-modda Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatiga bogʼliq boʼlib, uning birinchi qismidan konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan degan soʼzlar chiqarib yuborilishi taklif etilmoqda. Yaʼni har yili Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʼgʼrisida axborot taqdim etadi, deb qoldirilyapti. Chunki, Konstitutsiyaviy sud tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot taqdim etish vazifasi asosiy vazifalardan biridir.

Sudlov ishini umumlashtirish natijasi yoki faoliyatni monitoring qilish masalalari Konstitutsiyaviy sud faoliyatining yoʼnalishi hisoblanadi. Bunda fuqarolar va yuridik shaxslarning muayyan ishda sud tomonidan ularga nisbatan qoʼllanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish haqidagi shikoyatlarini koʼrib chiqadi, shuningdek, 8-band bilan toʼldirilyapti, yaʼni Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida ishlarni koʼrib chiqadi.

Yangilanayotgan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos va ishonchli kafolat yaratishi lozim.

Bugungi shiddatli zamonda inson huquq va erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan demokratik fuqarolik jamiyati barpo etish orqali Oʼzbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning rivojlangan davlatlardagi insonlardan kam boʼlmagan holda ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratish – asosiy vazifamizdir.

Zero, Oʼzbekiston xalqi Konstitutsiyaga kiritish taklif etilayotgan yangi norma va qoidalarni anglab, qalbidan oʼtkazib, ularga xolis va haqqoniy munosabat bildirishi kelajak hayotini qurish uchun poydevor boʼlib xizmat qiladi.

 

Zafar Jumanov

Quyi Chirchiq tuman adliya Boʼlimi bosh maslahatchisi