Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Talaba – xodimlarga beriladgina imtiyozlar


Talaba – xodimlarga beriladgina imtiyozlar

Taʼlim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʼqib, oʼquv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat toʼgʼrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq toʼlanadigan qoʼshimcha taʼtilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga egadirlar.

Taʼlim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʼqiyotganlarga yillik taʼtillarni ish beruvchi ularning xohishiga koʼra imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga toʼgʼrilab berishi shart.Oliy va oʼrta maxsus, kasb-hunar oʼquv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim olayotgan xodimlar diplom loyihasini (ishini) bajarish yoki bitiruv imtihonlari topshirishdan oldingi oʼn oʼquv oyi davomida mashgʼulotlarga tayyorgarlik koʼrish uchun olti kunlik ish haftasi boʼlganda haftada bir kun oʼrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladilar.

Ish haftasi besh kunlik boʼlsa, ishdan ozod etiladigan kunlar miqdori ish smenasining muddatiga qarab oʼzgaradi, ishdan ozod etiladigan soatlar miqdori esa saqlanib qoladi.

Abdulaziz Kazimbayev

Quyi Chirchiq tuman adliya boʼlimi yetakchi maslahatchisi