Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

“Bir yillik” armiyaga ketayotgan xodimga beriladigan kafolatlar.


“Bir yillik” armiyaga ketayotgan xodimga beriladigan kafolatlar.

 

Mehnat shartnomasi asosida ishlab turgan va 1 yillik harbiy xizmatga ketayotgan xodimlar oʼzingiz bilan tuzilgan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksi 99-moddasi oʼz xohishingiz bilan emas, balki Mehnat kodeksi 106-moddasi harbiy xizmatga ketish munosabati bilan bekor qiling.

Bunda siz quyidagilarni yutqizmaysiz:

– Qaytib kelgach uzogʼi bilan uch oy ichida ish beruvchiga murojaat qilib oldingi ishingizga

joylashish huquqiga ega boʼlasiz; MK 68-modda

– Xizmatdan qaytib kelib ishga kirganingizdan keyin 6 oy oʼtmasdan taʼtil olish huquqiga ega boʼlasiz; MK143-modda

– Harbiy xizmatni oʼtayotgan paytingizda xotiningiz ish joyidan oladigan taʼtili yuzasidan imtiyozga ega boʼladi; MK 144-modda

– Xizmatga ketishdan oldin olib boʼlgan taʼtilingiz puli kompensatsiya qilinib ish beruvchi tomonidan qaytarib olinmaydi. MK 164-modda.

 

 

Z.R.Jumonov

Quyi Chirchiq tuman adliya boʼlimi Bosh maslahatchisi