Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasini olish tartibi


Boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasini olish tartibi

Kam taʼminlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʼlash tartibi toʼgʼrisida»gi Nizomning 22-bandiga asosan pensiyalar va nafaqalar bir oylik oʼrtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga oila tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi.

Biroq, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oila olayotgan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʼyicha nafaqa yoki moddiy yordam, kompensatsiya, nogironligi boʼyicha nafaqa, boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi va nafaqasi, bolalikdan nogiron boʼlgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa, 16 yoshgacha boʼlgan nogiron bolalar va 18 yoshga toʼlmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi orqali beriladigan bola tugʼilganligi hamda dafn etish marosimi uchun bir yoʼla toʼlanadigan nafaqa, taʼlim muassasalari tomonidan toʼlanadigan stipendiyalar, mehnat organlari tomonidan ishsiz fuqarolarga tayinlanadigan va toʼlanadigan moddiy yordam, mehnat organlarining yoʼllanmasi boʼyicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida toʼlangan stipendiya bundan mustasno yaʼni bir oylik oʼrtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda ushbu daromadlar oilaning jami daromadiga kiritilmaydi

 

Quyi Chirchiq tuman adliya boʼlimi

Bosh maslahatschisi

Z.R.Jumonov.