Янгиликлар
Hokimiyat vakilining qonuniy talabini bajarmaslik javobgarlikka sabab boʼladi.
Hokimiyat vakilining qonuniy talabini bajarmaslik javobgarlikka sabab boʼladi.
Hokimiyat vakili bu - davlatning biron-bir hokimiyat organining nomidan ish koʼrib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va oʼz vakolatlari doirasida koʼpchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy boʼlgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega boʼlgan shaxs.Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishga toʼsqinlik qilish maʼmuriy javobgarlikka yaʼni, fuqarolarga BHMning yarim baravaridan 1 baravarigacha, mansabdor shaxslarga BHMning 1 baravaridan 2 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.Ushbu huquqbuzarlikni takror sodir etganlik, fuqarolarga BHMning 2 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
А.Kazimbaev
Quyi Chirchiq tuman adliya boʼlimi Yetakchi maslahatchisi