Янгиликлар
Ijtimoiy nafaqani uzaytirish tartibi
Ijtimoiy nafaqani uzaytirish tartibi
Bola parvarishi boʼyicha nafaqani olishni davom ettirishga muhtoj boʼlgan shaxs (yoki oilaning muomalaga layoqatli aʼzolaridan biri) toʼlovning oldingi 12 oylik muddati tugashidan bir oy oldin ushbu nafaqani bola ikki yoshga toʼlguniga qadar uzluksiz toʼlanishini davom ettirish masalasini hal etish uchun arizani belgilangan tartibda takroran berish huquqiga ega.
Bolali oilalarga nafaqalar va moddiy yordam toʼlashning belgilangan muddati tugagach, ariza beruvchi ushbu nafaqa yoki moddiy yordam toʼlanishini yangi muddatga davom ettirish uchun ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.Bunda bolali oilalarga nafaqalar va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda tayinlangan
ushbu nafaqani yoki moddiy yordamni toʼlash muddati tugayotgan oydan keyingi oyda beriladi. Takroriy murojaatlar umumiy belgilangan tartibda koʼrib chiqiladi.
Quyi Chirchiq tuman adliya boʼlimi
Yetakchi maslahatchisi
Аbdulaziz Kazimbaev