Янгиликлар
Isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʼyish hollari.
Isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʼyish hollari.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 iyuldagi 484-son qarori “Isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʼyish tartibi toʼgʼrisida” gi Nizomga asosan isteʼmolchilar quyidagi hollarda elektr va gaz tarmogʼidan uzib qoʼyilishi mumkin:
– shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda, shu jumladan hisob-kitoblar oʼz vaqtida amalga oshirilmaganligi oqibatida foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorlik mavjud boʼlganda;
– Byuro talabnomalari ijro etilmaganda, shu jumladan uning vakillariga elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlariga koʼrsatkichlarni olish uchun ruxsat etilmaganda;
– elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish yoki elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzishning boshqa holatlari aniqlanganda;
– elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlari qasddan buzilganda, koʼrsatkichlarni oʼzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashilganda.
Boshqa holatlarda isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʼyish mumkin emas.
А.Kazimbaev
Quyi Chirchiq tuman adliya boʼlimi Yetakchi maslahatchisi