Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

BILIB_QOʻYGAN_YAXSHI


BILIB_QOʻYGAN_YAXSHI

 

Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish tartibi

 

Familiyani, ismni va otaning ismini oʻzgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi 16 yoshga toʻlgandan keyin fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan, ushbu shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joydan qatʼi nazar, koʻrib chiqiladi.

Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi xulosa ichki ishlar organlari tomonidan ushbu shaxs tegishlicha tekshiruvdan oʻtkazilgandan keyingina tuzilishi mumkin.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining familiya, ism va ota ismini oʻzgartirishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Farxod Abdixakimov