Янгиликлар
BILIB_QOʻYGAN_YAXSHI
Bilib_qoʻygan_yaxshi
Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishda ulushlarni aniqlash
Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishda hamda ularning shu mol-mulkdagi ulushlarini aniqlashda, agar er va xotin oʻrtasidagi nikoh shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, er va xotinning ulushlari teng deb hisoblanadi.
Sud voyaga yetmagan bolalar manfaatlaridan va (yoki) er va xotindan birining eʼtiborga loyiq manfaatini hisobga olib, jumladan, agar er yoki xotin uzrsiz sabablarga koʻra daromad olmagan boʻlsa, yoxud er va xotinning umumiy mol-mulkini oila manfaatlariga zarar yetkazgan holda sarflagan boʻlsa, er va xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushlari tengligidan chekinishga haqlidir.
Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishda er va xotinning umumiy qarzlari ularga belgilangan ulushlarga mutanosib ravishda har ikkalasi oʻrtasida taqsimlanadi.
Agar er va xotindan biri umumiy mol-mulkni er yoki xotinning erkiga zid ravishda va oila manfaatiga mos boʻlmagan holda oʻz xohishiga koʻra sarflagan yoki boshqa shaxsga oʻtkazgan boʻlsa, uni boʻlishda bu mol-mulk yoki uning qiymati hisobga olinadi.
Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Jaxongir Mirxaitov