Янгиликлар
Hayotiy_misol
Hayotiy_misol
Bolaning familiyasini oʻzgartirish
Savol: Erim bilan ajrashganimizga 2 yil boʻldi. Erimning familiyasiga yozilgan qizimiz bor. Men uning familiyasini oʻzimnikiga oʻzgartirmoqchiman. Bu savol bilan men vasiylik va homiylik organlariga murojaat qildim. Ular sobiq turmush oʻrtogʻimning roziligini soʻrashdi, lekin u qatʼiyan rad etdi. U bolaga aliment toʻlaydi. Farzandimning familiyasini ularning roziligisiz qanday oʻzgartirishim mumkin?
Javob: Oila kodeksining 70-moddasiga muvofiq, agar ota-ona alohida yashasa va bola bilan birga yashovchi ota ona bolaga oʻz familiyasini berishni xohlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va ona (ota)ning fikrini hisobga olgan holda hal qiladi. Ota yoki onaning turgan joyini aniqlash mumkin boʻlmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, shuningdek ota yoki ona bolaga taʼminot berish va uni tarbiyalash majburiyatlarini bajarishdan uzrsiz sabablarga koʻra boʻyin tovlagan hollarda ota yoki onaning fikrini hisobga olish shart emas.
Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Jaxongir Mirxaitov