Янгиликлар
Hayotiy_misol
Hayotiy_misol
Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik
Savol: Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik bormi?
Javob: Xa, bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilishi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Agar bunday xarakat maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti Shohruhbek Yunusov