Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Bilib_qoʻygan_yaxshi


Bilib_qoʻygan_yaxshi

Maʼmuriy qamoqqa olish

Maʼmuriy qamoqqa olish 3 sutkadan 15 sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — 30 sutkagacha muddatga qoʻllaniladi. Maʼmuriy qamoqqa olish jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshligʻi tomonidan belgilanadi.

Maʼmuriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, 3 yoshgacha bolasi boʻlgan ayollarga,14 yoshgacha boʻlgan bolasini yakka oʻzi tarbiyalayotgan shaxslarga, 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas.

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti Mashrab SHUKUROV