Янгиликлар
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) daʼvogarlar — ish haqini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;
2) daʼvogarlar — alimentlar undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
3) daʼvogarlar — mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
4) daʼvogarlar — qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, maʼmuriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq nizolar yuzasidan;
5) daʼvogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan; va boshqalar.
Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Farxod Abdixakimov