Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

“Yuristlarning O’zbek tiliga e’tibori”


“Yuristlarning O’zbek tiliga e’tibori”

 

Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir. Istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.

Har bir sohaning rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun alohida e’tibor va tegishli chora tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Jumladan o‘zbek tilining rivojlanish hamda huquqiy maqomini oshirish borasida ko‘pdan ko‘p chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zbek tiliga O‘zbekiston Respublikasi davlat tili maqomi berilganiga ham 30 yildan oshdi, ya’ni 1989-yil 21-oktyabr «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinib, o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi hamda bu qonun bilan va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilishi xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘lishini anglatadi.

So‘ngi yillarda o‘zbek tilining huquqiy maqomini oshirish va mustahkamlash borasida narmativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan 21-oktabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida nishonlalash belgilandi.

Bundan tashqari, bu Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, o‘zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevralda “Rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori tasdiqlandi.

Qaror bilan 2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish hamda masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tizimi joriy etildi. Bu test tizimi davlat tilida ish yuritish sohasining yuksak rivojiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Jumladan, talabgorlar test sinovidan o‘ta olmasa, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida davlat tili bo‘yicha malaka oshiradilar va qayta test sinovlarida ishtirok etadilar.

         Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ham o‘zbek tilining huquqiy maqomini mustahkamlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 2021-yil 1-noyabrda Adliya vazirining 294-sonli “Adliya organlari va muassasalarida ish yuritishni lotin alifbosiga to‘liq o‘tkazish to‘g‘risida” buyrug‘i chiqdi. Unga ko‘ra, 2021-yilning 10-noyabrdan boshlab markaziy apparat tarkibiy tuzilmalari, adliya organlari va muassasalarida ish yuritish, ta’lim jarayonlari to‘liq lotin alifbosida amalga oshirilishi belgilandi. Bundan tashqar, 2021-yilning 1-dekabrga qadar kadrlar boshqarmasi adliya organlari va muassasalarida lotin alifbosida matn yozish va ish yuritishga qiynaladigan xodimlarni aniqlasin va zarurat tug‘ilganda ularni Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazida o‘qitish choralarini ko‘rishi belgilandi.

Davlat tilini huquqiy maqomini mustahkamlash borasida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlardan ko‘zlangan maqsad – o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini yuksaltirishda yuqori natijalarga erishish, o‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa sohalarda qo‘llash doirasi kengaytirib, undan davlat tili sifatida to‘liq va to‘g‘ri foydalanishni taʼminlashdan iborat. Bundan tashqari, bu orqali davlat organlari va tashkilotlari rahbar xodimlariga davlat tilini talab darajasida bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish majburiyati yuklanadi, barcha davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish salohiyatiga ega bo‘lgan malakali kadrlar faoliyat ko‘rsata boshlaydi.

 

 

 

Yangiyo’l tumani adliya bo‘limi                                        

Yuridik xizmat ko‘rsatish bosh

yuriskonsulti                                                                       Nodirbek Absalamov