Янгиликлар
Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi(kuchga kirish sanasi 30.04.2023 yil)da Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish: asosiy yangiliklar to`g`risida
Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi(kuchga kirish sanasi 30.04.2023 yil)da Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish: asosiy yangiliklar to`g`risida
Amaldagi MKdagi “Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga bilan bekor qilish” degan 100-moddasi, yangi tahrirdagi MKning 161-moddasida “Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish” deb nomlanmoqda.
Yangi MKning168-moddasi 1-bandi. Bunga ko‘ra, tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi asosi kiritilmoqda. Bu asos amaldagi MKning da mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bekor qilish asoslaridan biri (100-modda 2-qism 1-band) sifatida texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi asosi qayd etilgan edi. Ushbu asos ham saqlanib qolmoqda. Faqatgina yakka tartibdagi tadbirkorlar jumlasi ham qo`shimcha ravishda kiritilmoqda.
Amaldagi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 7-bandida nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonunchilikka muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishiga oid norma bor. Ushbu norma yangi tahrirdagi mehnat kodeksidan umuman o`rin olmagan butkul chiqarib tashlanmoqda.
Umumiy o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarining, shuningdek davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan oliy ta’lim tashkilotlarining tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilari bilan mehnat shartnomasi ushbu mehnat shartnomasi tuzilgan kundan e’tiboran uch yillik muddat o‘tguniga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganida ish beruvchi bu haqda mahalliy mehnat organiga yozma shaklda xabar qilishi kerakligi to`g`risida qo`shimcha normalar kiritilmoqda.
Yangiyo`l tumani adliya bo`limi yuridik
xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti I.Roziqov
06.12.2022 yil