Янгиликлар
Majburiyat nima ?
Majburiyat nima ?
Majburiyat- fuqarolik huquqiy munosabat boʻlib, bir shaxs qarz oluvchi boshqa shaxs qarz beruvchi foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga yoki muayyan harakatdan oʻzini saqlashga majbur boʻladi. Qarz beruvchi esa qarzdordan oʻzining majburiyatini bajarishni talab qilish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 234-moddasida Majburiyat tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari belgilangan boʻlib, majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida kelib chiqadi.
Mazkur kodeksning 235-moddasida majburiyatning taraflariga toʻhtalib, majburiyatning taraflari — kreditor yaʼni qarz beruvchi yoki qarzdor sifatida bir yoki bir necha shaxs ishtirok etishi mumkin.
Shuningdek, taraflar shartnomaga binoan bir-birlariga nisbatan majburiyatli boʻlsa, taraflardan har biri boshqa taraf oldida uning foydasiga nima qilishi shart ekanligi jihatidan uning qarzdori va ayni bir paytning oʻzida undan nima talab qilishga huquqli ekanligi jihatidan uning kreditori hisoblanadi.
Majburiyat unda taraflar sifatida qatnashmagan shaxslar yaʼni uchinchi shaxslar uchun burchlar hosil qilmay qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollarda majburiyat uchinchi shaxslar uchun majburiyatning bir tarafi yoki har ikkala tarafiga nisbatan huquq vujudga keltirishi mumkin.
Majburiyatni bajarmaslik tomonlarning sudga murojaat qilishiga sabab boʻladi.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi N. Anarqulova