Янгиликлар
Aholiga yana bir qulaylik yaratildi
Aholiga yana bir qulaylik yaratildi
Davlat idoralarining xalqimizga
xizmati odamlarni rozi qilishning
asoslaridan biridir.
Sh.M.Mirziyoyev
FHDYO-Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd etish, dalolatnoma yozuvlarini tiklash, dalolatnoma yozuvlarini oʻzgartirish, tuzatish va toʻldirish harakatlarni amalga oshiradi.
FHDYO organlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish sohasida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish va nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilishi belgilanib, tugʻilish va oʻlim holatini kompleks davlat xizmati sifatida koʻrsatish tartibi joriy etildi va statistika organlariga qogʻoz shaklidagi dalolatnoma yozuvlari haqidagi hisobotlarni topshirish amaliyoti bekor qilindi.
Bugungi kunda respublikamizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini eksterritorial tamoyil asosida qayd etish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish, ushbu sohada fuqarolarga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadida joriy yilning 27-oktyabrida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilinib aholiga yana bir qulaylik yaratildi.
Mazkur qarorga asosan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Guliston shaharlaridagi mavjud nikoh uylari Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari etib qayta tashkil etilib, ushbu nikoh uylari oldin faqat nikohni qayd qilish bilan shugʻullangan boʻlsa, endilikda FHDYO boʻlimi sifatida boshqa turdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish (tugʻilish, oʻlim, ajrim va boshqa.) bilan ham shugʻullanadi.
Endilikda, FHDYO organlarida turli yillarda bir xil seriya va raqamli tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi aniqlangan holatlarda ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirish uchun gerb yigʻimi undirilmasligi belgilandi.
Xulosa qilib aytganda ushbu qarorni qabul qilish bilan respublika boʻylab FHDYO boʻlimlari soni koʻpaygani navbatlar kamayishiga, masofalar qisqarishiga, fuqarolarning vaqti va boshqa resurslari tejalishi hamda xizmat sifatining yaxshilanishiga zamin yaratadi.
Yangiyoʻl tumani FHDYO
boʻlimi 2-toifali inspektori
G.Oʻzarbayeva