Янгиликлар
Homilador ayollarga yana bir imtiyoz.
Homilador ayollarga yana bir imtiyoz.
Joriy yilning 28-oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi 798-sonli qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonun bilan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilindi. Kodeks joriy yilning mart oyida senatorlar tamonidan maqullangan edi. 1995-yildagi birinchi tahriridan farqli ravishda, unda majburiy mehnatni taqiqlash, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yoʻl qoʻyilmaslik kabilar asosiy prinsip etib belgilandi.
Yangi tahrirdagi kodeksning 403-moddasiga asosan homilador ayollarga ish beruvchi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal yaʼni tugʻruqqacha parvarishlash yaʼni perinatal skrining va tashxis, majburiy-tibbiy koʻriklar va boshqa majburiy tibbiy mualajalar uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha boʻsh kunlar berishi shartligi belgilangan.
Shuningdek, homilador ayollarni antenatal parvarishlash tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi koʻrsatilgan.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi N. Anarqulova