Янгиликлар
Qanday holatlarda shaxsni Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazish rad qilinishi mumkin?
Qanday holatlarda shaxsni Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazish rad qilinishi mumkin?
Quyidagi holatlarda foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazish rad qilinadi:
-Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning notoʻgʻri ekanligi yoki toʻliq emasligi Mobil-ID tizimi orqali aniqlanganda;
-2023-yil 1-yanvardan boshlab Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov toʻlanmaganda;
-Foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazish ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq boʻlmaganda;
-shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etilmaganda;
-Foydalanuvchining biometrik maʼlumotlari va shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlari mos kelmaganda;
-Biometrik maʼlumotlarni taqdim etishdan bosh tortganda.
-Foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
-Foydalanuvchi ushbu kamchiliklarni bartaraf etgan holda istalgan vaqtda Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtish boʻyicha qayta murojaat qilishi mumkin. Bunda foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyalash umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Angren shahar Davlat xizmatlari markazi
yetakchi mutaxassisi B.Xolmatova