Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

My.gov.uz orqali qanday maʼlumotnomalarni bepul olish mumkin?


My.gov.uz orqali qanday maʼlumotnomalarni bepul olish mumkin?

 

Buning uchun my.gov.uz dan roʻyxatdan oʻting va  maʼlumotnomalarni olish uchun ariza yuboring. Ayrim maʼlumotnomalar avtomat tarzda shakllantiriladi.

Ish haqi toʻgʻrisida:
Maʼlumotnomada fuqaroning ish haqidan olgan daromadlari shuningdek toʻlangan daromad soligʻi miqdorlari aks ettiriladi.

Jamgʻarilgan pensiya toʻgʻrisida:
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga majburiy va ixtiyoriy tartibda undirilgan  pul mablagʻlari toʻgʻrisida maʼlumot olish mumkin.

Pensiya (nafaqa) haqida:
Pensiya fondi hisobida turishi, toʻlangan pensiyalar (nafaqalar) miqdori va pensiya fondi hisobida turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish mumkin.

Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi boʻyicha maʼlumot:
Fuqaroning doimiy va vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha maʼlumot olish mumkin.

Mehnat daftarchasidan koʻchirma olish:
Fuqaroning mehnat faoliyati va ish staji bilan bogʻliq maʼlumotlarni olish mumkin

 

 

Angren shahar Davlat Xizmatlari Markazi

Yetakchi mutaxassisi SAIDOV BEKZOD XAMZA O’G’LI.