Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Avtomobilga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish stansiyalarini qurish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatiladi.


Avtomobilga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish stansiyalarini qurish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatiladi.

 

 

Axoliga Davlat xizmatlari koʻrsatishni tubdan islox qilish ishbilarmonlik muxitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni oldini olish maqsadida, izchil chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-martdagi 111-sonli qarori qabul qilindi.

Tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYOQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — loyihalar) ularning yoʻl harakat xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mosligi yuzasidan ichki ishlar organlari bilan kelishish boʻyicha davlat xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.

Mazkur Reglament quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

aholi yashash mavzelari, dahalari va yopiq obyektlarning ichki hududlaridagi obyektlar;

qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiriladigan dalalar, ekin maydonlarining ichki hududlaridagi obyektlar;

yoʻl harakati qatnashchilarining yoʻlning qatnov qismida erkin harakatlanishiga xalaqit qilmaydigan qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari olib boriladigan har qanday obyektlar.

Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

yoqilgʻi quyish shoxobchasi — avtomototransport vositalari va elektromobillarga yoqilgʻi (benzin, dizel, siqilgan, suyultirilgan gaz va boshqalar) quyish (toʻldirish, zaryadlash) xizmatlarini koʻrsatuvchi avtomobil yoʻllari, yoʻl inshootlari, temir yoʻl kesishmalari va koʻchalar boʻyida joylashgan shoxobchalar;

yoʻl harakati qatnashchisi — yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs;

yoʻl harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yoʻllar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;

servis obyektlari — jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan, aholiga xizmat koʻrsatish, ishlab chiqarish va texnik maqsadlaridagi, shuningdek, madaniy, maishiy, xoʻjalik, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar savdosi hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlarni koʻrsatuvchi avtomobil yoʻllari, yoʻl inshootlari, temir yoʻl kesishmalari va koʻchalar boʻyida joylashgan obyektlar.

Davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YAIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yoki uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.

Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.

Aniq bir turdagi davlat xizmatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani yalpi xatlovdan oʻtkazish, davlat xizmatlarini optimallashtirish, asossiz cheklovlar, ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarini bartaraf etish, qonun hujjatlarini qisqartirish, normalarning koʻpligini bartaraf etish va ularni yagona normativ-huquqiy hujjatga birlashtirish orqali normalarni tizimlashtirish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.

Muxtasar qilib aytganda, hukumatimiz tomonidan mamlakatda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini optimallashtirish orqali halqimizga sifatli har tomonlama zamonaviy, tezkor, shaffof xizmatlar koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida, davlat xizmatlari koʻrsatishning huquqiy asoslari yanada mustahkamlanmoqda hamda qonun hujjatlarining tizimli mexanizmi amaliyotga joriy etilmoqda.

 

                                               Angren shahar Davlat xizmatlari

   Markazi servis menejer F.Xodjamberdiyeva