Янгиликлар
Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish.
Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoni ijrosini ta’minlash tartibini belgilaydi.
Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish;
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish;
Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish;
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish;
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish;
Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish;
Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentilari tasdiqlandi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish tartibini belgilaydi.
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha bo‘lishi (harakatlanishi), shuningdek, uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (o‘tkazish, ulash) uchun mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi — bino va inshoot fasadiga kiritiladigan o‘zgartirishlarning yakuniy natijasi to‘g‘risida to‘liq tasavvur beruvchi bino va inshoot fasadining rangli tasvirdagi arxitekturaviy chizmasi.
Bino va inshootning hajmi va maydonini o‘zgartirmasdan turib ko‘cha (ko‘chalar)dan ko‘rinadigan old va yon fasadlar (fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismi)dagi arxitekturaviy elementlar (tsokoli, quyoshdan himoyalash elementlari, parapetlari, ustunlari, tomi, derazalari, peshayvoni, ayvonlari va shu kabilar)ning rangi, konfiguratsiyasi va o‘lchamlari o‘zgartirilishiga tatbiq etiladi.
Bino va inshootning, yakka tartibdagi uy-joyning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish bo‘yicha agar bino va inshoot, yakka tartibdagi uy-joy magistral ko‘chalar, xalqaro, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari bo‘ylab joylashgan hollarda fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismidan qat’i nazar kelishish talab etiladi.
Yakka tartibdagi uy-joylar, tumanlarning ma’muriy markazi bo‘lmagan shaharchalarda, qishloq aholi punktlari (qishloq va ovullar)da hamda aholi punktlari tashqarisida joylashgan bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun kelishish talab etilmaydi.
Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.
Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgandan so‘ng obyektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.
Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini kelishmasdan turib bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish taqiqlanadi.
Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish tartibotini amalga oshirishda bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi tuman (shahar) qurilish bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) bilan kelishiladi.
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar o‘rtasidagi axborot almashuv elektron raqamli imzodan (keyingi o‘rinlarda — ERI) foydalangan holda faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.
Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ariza beruvchilar bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’iy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Angren shahar Davlat xizmatlari markazi
servis menejer F.A. Xodjamberdiyeva