Янгиликлар
07
Hayotiy vaziyatlarda my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalaning
Hayotiy vaziyatlarda my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalaning
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yana koronavirus kasalligiga chalinganlar soni ortayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Oʻzingiz, yaqinlar va atrofdagilar salomatligiga befarq boʻlmang! Shamollash alomatlarini sezdingizmi, uyda qoling! Hayotiy vaziyatlarda my.gov.uz imkoniyatlaridan onlayn foydalaning.
Kommunal xizmatlar
Gaz, svet, ichimlik suvi, issiq suv tarmoqlariga yangi ulanishdan tortib, hisoblagichlarni qiyoslovdan oʻtkazish, yana kommunal toʻlovlarni toʻlash deysizmi – barini onlayn hal qilsangiz boʻladi.
Fuqarolik boʻyicha xizmatlar
Ijro boʻyicha qarzdorlikni yoki xorijga chiqishga cheklov bor-yoʻqligini tekshirish, Pasportni ID-kartaga almashtirishga ariza topshirish, yashash joyidan tortib, harbiy xizmatga roʻyxatga qoʻyish yoki undan chiqish kabi xizmatlarni ham bitta manzildan topasiz.
Ijtimoiy himoya boʻlimidan
Pensiya haqida maʼlumotlar, sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar olsa boʻladi. Yana undan nafaqa tayinlash yoki ipoteka krediti uchun subsidiya ajratilishiga ariza topshirish kabi xizmatlar ham oʻrin olgan.
Koʻchmas mulk xizmatlari
Bugun uy-joy masalalari bilan bogʻliq davlat xizmatlari ham elektron koʻrinishga oʻtgan. Masalan, kadastr pasportini shakllantirish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish, uning “snos”ga tushgan-tushmaganligini aniqlash, davlat mulkini xususiylashtirishga ariza berish kabi bir qator xizmatlar onlayn koʻrsatiladi.
ANGREN SHAHAR DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI
YETAKCHI MUTAXASSISI SAIDOV BEKZOD.