Янгиликлар
ENDILIKDA OʻLIM GUVOXNOMASI FXDYO BOʻLIMIGA KELIB OLINMAYDI.
ENDILIKDA OʻLIM GUVOXNOMASI FXDYO BOʻLIMIGA KELIB OLINMAYDI.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq respublika hududida oʻlimni qayd qilish boʻyicha quyidagilardan iborat kompozit xizmat koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Tibbiyot muassasasi xodimi vafot etganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirib, “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron shaklda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi oʻrinlarda — FHDYO) organiga yuboradi. Bunda, vafot etganlik toʻgʻrisidagi tibbiyot maʼlumotnomasi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari arizasiga asosan ularga qogʻoz shaklida berilishi va ular toʻgʻridan-toʻgʻri FHDYO organiga murojaat qilishi ham mumkin;
Respublika hududida tibbiyot muassasalari tomonidan oʻlim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali oʻlim haqida tibbiy maʼlumotnoma shakllantirish tartibi joriy etildi;
oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan maʼlumotnoma oʻlim haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Tibbiyot muassasasidan oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnoma kelib tushishi bilan “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali oʻlim haqida dalolatnoma yozuvini avtomatik ravishda qayd etadi va oʻlim haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga hamda Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimiga elektron shaklda yuboradi;
vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxoʻrlarining istalgan vaqtdagi talabiga asosan ularga oʻlim haqidagi maʼlumotnomani gerbli guvohnomada eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada koʻrsatilgan manzilga yuboradi.
Tibbiyot muassasasi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnomani ariza beruvchilarga ikki nusxada, shu jumladan qabristonga taqdim etish uchun chop etib beradi.
FHDYOning yagona elektron arxivi» axborot tizimi orqali kelib tushgan maʼlumot asosida vafot etgan shaxsga tayinlangan pensiya va/yoki nafaqa toʻlovini axborot tizimida avtomatik ravishda toʻxtatadi;
Ushbu Reglament talablari:
voyaga yetmagan vafot etgan shaxsga nisbatan FHDYO boʻlimida tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganda;
oʻlim holatini sudning fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qaroriga asosan qayd qilishda;
oʻlimi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qayd etilmagan shaxslarning oʻlimini qayd etishda;
shaxsi aniqlanmaganlarning oʻlimini qayd etishda;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami boʻlmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oʻlimini qayd etishda tatbiq etilmaydi.
Yuqorida koʻrsatilgan toifadagi shaxslarning oʻlimini qayd etish Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarida belgilangan umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Olmaliq shaxar FXDYO boʻlimi 2-toifali inspektori Abdunazarova Raʼno Xoljoʻrayevna