Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

ER-XOTINNING OʻZARO ROZILIGI BILAN FXDYODA BEKOR QILISH


ER-XOTINNING OʻZARO ROZILIGI BILAN FXDYODA BEKOR QILISH

·         FHDYO organlarida nikohni bekor qilish (ajrashish) quyidagi barcha shartlar mavjud boʻlganda amalga oshiriladi:

·         er va xotinning nikohni bekor qilishga oʻzaro roziligi;

·         umumiy voyaga yetmagan bolalarning mavjud emasligi;

·         mulkiy nizolarning mavjud emasligi.

 

Nikohni bekor qilishning ushbu usulini  barcha mavjudlari ichida “eng osoni” deyish mumkin. Bu holatda nikohni bekor qilishni roʻyxatdan oʻtkazish er-xotinning qoʻshma arizasiga asosan ulardan birining yashash joyi boʻyicha FHDYO organi tomonidan amalga oshiriladi. Amaliyotda shunday boʻladiki, er-xotindan biri biror bir sababga koʻra qoʻshma ariza berish uchun FHDYO organiga kela olmaydi. Bu holatda bunday arizani er-xotin nomidan ularning biri tomonidan berilishi mumkin. Hozir boʻlmagan er (xotin)ning arizadagi imzosi notarius yoki er (xotin)ning yashash joyi boʻyicha FHDYO organi mudiri tomonidan tasdiqlanishi darkor.

            Arizada ajrashishga oʻzaro rozilik, voyaga yetmagan bolalarning yoʻqligi, shuningdek er (xotin) nikohni bekor qilish kunida FHDYO organiga kela olmasa, nikohni bekor qilishni  er (xotin) hozir boʻlmaganda roʻyxatdan oʻtkazishga roziligi tasdiqlanadi.

Bunda FHDYO organlari tegishli organlardan voyaga yetmagan bolalarning yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlarni soʻrab olishi mumkin.

            Agar er-xotindan biri oʻzining nikohgacha boʻlgan familiyasiga qaytmoqchi boʻlsa, bu nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada koʻrsatilishi kerak. 

Nikohni bekor qilishni roʻyxatdan oʻtkazish FHDYO organiga ariza berilgan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgandan keyin er-xotin yoki ulardan biri hozir boʻlganda amalga oshiriladi va sobiq er-xotinning har biriga nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi. Uch oylik muddatga yarashish uchun berilgan muddat deb qarash mumkin. Bu muddatda er-xotin vaziyatni obdon oʻylab olishlari va baholashlari mumkin: haqiqatan ham ular ajrashishmoqchimi? Bir tomondan, baʼzilarga ajrashishni rasmiylashtirish 3 oyga choʻzilishi yoqmas,  ayniqsa ular birgalikda hayot kechirishni xohlamasalar. Boshqa tomondan – baʼzan bu muddat haqiqatan   ham er-xotinga munosabatlarini tiklashga va xato sodir etmasliklariga yordam beradi. Uch oylik muddat oʻtgandan soʻng er-xotindan biri FHDYOda nikohni saqlab qolish istagini bildirib, ajrashishni xohlamasligini izhor qilsa, nikohni bekor qilish rad etiladi.

Oʻzaro kelishuvga koʻra nikohni bekor qilishni roʻyxatdan oʻtkazishda davlat boji undiriladi, uning miqdori EKIHning 150%ini tashkil qiladi. Shuningdek, EKIHning 15%i miqdorida gerb yigʻimi toʻlash lozim boʻladi. Qayd qilamizki,  gerbli guvohnomalar  blankalari qatʼiy hisobda turadigan  va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona namuna boʻyicha himoyalanganlik darajasiga ega maxsus qogʻozlarda tayyorlanadigan hujjat hisoblanadi. Gerbli guvohnomalar blankalarini tayyorlash Markaziy bank huzuridagi  “Davlat belgisi” davlat ishlab-chiqarish birlashmasi tomonidan amalga oshiriladi.


Olmaliq shaxar FXDYO boʻlimi 2-toifali inspektori Abdunazarova Raʼno Xoljoʻrayevna