Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Hujjatlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish (chiqarish), ro’yxatga olish va e’lon qilish tartibi


Hujjatlar loyihalarini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish (chiqarish), ro’yxatga olish va e’lon qilish tartibi

Ma’lumki, 2021 yil 22 iyunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga «E-qaror» elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 390-son qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan, “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro’yxatga olish va e’lon qilish tartibi to’g’risida” Nizom tasdiqlangan.

Ushbu Nizomga asosan, hujjatlar loyihalari mahalliy davlat hokimiyati organining mas’ul tarkibiy bo’linmasi yoki manfaatdor hududiy davlat organi tomonidan “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqiladi.

Zarurat bo’lganda ishlab chiquvchi loyihani «E-qaror» elektron tizimi orqali manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish uchun yuboradi.

Manfaatdor tashkilotlar “E-qaror” elektron tizimi orqali ko’rib chiqish uchun kelib tushgan loyihani 3 kun muddatda ish yurituviga qabul qiladi hamda ko’rib chiqadi.

Manfaatdor tashkilotlar elektron raqamli imzo qo’yish yo’li bilan kelishadi (viza qo’yadi) yoki zarurat bo’lganda loyiha yuzasidan ishlab chiquvchiga elektron tizim orqali o’z taklif va e’tirozlarini ko’rsatgan holda javob xatini kiritadi.

Ushbu qarorga ko’ra,manfaatdor tashkilotlarga kelishish uchun kiritilgan hujjatlar loyihalari yuzasidan belgilangan muddatlarda “E-qaror” elektron tizimi orqali munosabat bildirilmagan taqdirda, loyiha kelishilgan hisoblanadi.

Qarorga ko’ra, ishlab chiquvchi 3 kun muddatda manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan hujjat loyihasini elektron tizimdan oladi va uni manfaatdor tashkilotning tegishli xulosasini hisobga olgan holda uni elektron tizim orqali tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga (hokim qarori va farmoyishi loyihalari bo’yicha) yoki mahalliy vakillik organlari kotibiyatiga (xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlari bo’yicha) kiritadi.

Qarorga asosan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining tegishli tarkibiy bo’linmasi, mahalliy vakillik organlari kotibiyati 3 kun muddatda «E-qaror» elektron tizimi orqali kelib tushgan hujjatlar loyihalarini ish yurituviga qabul qiladi va uni ko’rib chiqadi hamda loyihani elektron raqamli imzo qo’yish yo’li bilan kelishadi, Kelishilgan hujjat loyihasini mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmatiga kiritadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati hujjat loyihasi elektron tizim orqali kiritilgandan keyin 2 kun muddatda orqali huquqiy ekspertizadan o’tkazadi, hujjat loyihasini elektron raqamli imzo qo’yish yo’li bilan kelishadi (viza qo’yadi) yoki taklif va e’tirozlari mavjud bo’lsa, loyihani ishlab chiquvchiga qaytaradi.

Ushbu qarorga ko’ra,hujjat loyihasi normativ tusga ega bo’lgan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati, loyihani Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi o’tkazilishi uchun joylashtiradi, jamoatchilik muhokamasi yakunlangandan so’ng loyiha bo’yicha belgilangan tartibda xulosa tuzadi hamda loyihani huquqiy ekspertizadan o’tkazish uchun hududiy adliya organlariga belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda kiritadi.

Hududiy adliya organi mahalliy davlat hokimiyati organi yuridik xizmati tomonidan normativ tusga ega bo’lgan hujjat loyihasi kiritilgandan so’ng belgilangan muddatlarda, loyihani belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan o’tkazadi, loyiha qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo’lsa ijobiy xulosa beradi va bu haqida elektron tizim orqali mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoki mahalliy vakillik organini xabardor qiladi.

Ushbu qarorga asosan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoki mahalliy vakillik organi rahbari hujjat loyihasini elektron raqamli imzo orqali imzolaydi, imzolangan va maxsus raqam bilan ro’yxatga olingan hujjatni “E-qaror” elektron tizimi bosh sahifasida avtomatik tarzda e’lon qiladi.

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi yetakchi maslahatchisi

Ro‘ziyev Baxtiyor