Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Da’vo muddati tushunchasi, muddatning o‘tishi va to‘xtatilishi hamda uni qo‘llash bilan bog‘liq masalalar


Da’vo muddati tushunchasi, muddatning o‘tishi va to‘xtatilishi hamda uni qo‘llash bilan bog‘liq masalalar

Da’vo muddati tushunchasi

Da’vo muddati — shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdir.

Da’vo muddatining o‘ta boshlashi

Da’vo muddati shaxs o‘zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan o‘ta boshlaydi.

Muayyan ijro muddatiga ega bo‘lgan majburiyatlar bo‘yicha da’vo muddati ijro muddati tamom bo‘lganidan keyin o‘ta boshlaydi.

Ijro etish muddati belgilanmagan yoki talab qilish payti ijro etish muddati bilan belgilangan majburiyatlar bo‘yicha da’vo muddati kreditorda majburiyatni bajarish to‘g‘risida talab qo‘yish huquqi paydo bo‘lgan vaqtdan o‘ta boshlaydi, bordi-yu, qarzdorga bunday talabni bajarish uchun imtiyozli muddat berilsa, da’vo muddati imtiyozli muddat tamom bo‘lganidan keyin hisoblana boshlaydi.

Regress majburiyatlar bo‘yicha da’vo muddati asosiy majburiyat bajarilgan paytdan o‘ta boshlaydi.

Da’vo muddati o‘tishining to‘xtatilishi

Da’vo muddatining o‘tishi quyidagi hollarda to‘xtatiladi:

1) agar da’vo qo‘zg‘atilishi uchun muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan favqulodda hodisa (yengib bo‘lmas kuch) to‘sqinlik qilgan bo‘lsa;

2) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati majburiyatlarni bajarishni kechiktirganligi (moratoriy) tufayli;

3) agar da’vogar yoki javobgar harbiy holatga o‘tkazilgan Qurolli Kuchlar, chegara qo‘shinlari va ichki qo‘shinlar tarkibida bo‘lsa;

4) agar muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari bo‘lmasa;

5) tegishli munosabatni tartibga soluvchi qonun hujjatlarining amal qilishi to‘xtatilgan bo‘lsa.

6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv tuzilgan taqdirda.

Agar ushbu moddada ko‘rsatilgan holatlar da’vo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oydan kam bo‘lsa, da’vo muddatida vujudga kelgan yoki davom etib turgan bo‘lsa, da’vo muddatining o‘tishi to‘xtatiladi.

Muddatning to‘xtatib turilishiga asos bo‘lgan holat barham topgan kundan boshlab da’vo muddatining o‘tishi davom etadi, bunda muddatning qolgan qismi olti oygacha, da’vo muddati olti oydan kam bo‘lsa, da’vo muddatiga qadar uzaytiriladi.

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i                          A.Umarov