Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Solidar va subsidiar javobgarlik tushunchalari


Solidar va subsidiar javobgarlik tushunchalari

Solidar (fr. solidarisme, solidaire so’zidan – birgalikda harakat qilish) javobgarlik – bu bir necha qarzdor majburiyatiga oid fuqarolik javobgarligi. Xususan, qarzdorlar sherik bo’lib majburiyat olganida kreditor hamma qarzdorlardan majburiyatni solidar bajarishni ham, ularning har biridan alohida-alohida bajarishni ham, shu bilan birga, qarzni to’la yoki uning bir qismini to’lashni ham talab qilishga haqli.

Subsidiar (lot. subsidiārius so’zidan – qo’llab-quvvatlovchi) javobgarlik – asosiy qarzdorning javobgarligiga qo’shimcha ravishda boshqa shaxsning javobgar bo’lishi. Subsidiar javobgar bo’lgan shaxs kreditor oldida asosiy qarzdor kabi javob beradi.

FK329-modda. Subsidiar javobgarlik

Qonunchilik yoki majburiyat shartlariga muvofiq asosiy qarzdor bo’lgan boshqa shaxsning javobgarligiga qo’shimcha ravishda javobgar bo’lgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qo’yishdan oldin kreditor asosiy qarzdorga talab qo’yishi kerak.

Agar asosiy qarzdor kreditorning talabini qondirishdan bosh tortsa yoki kreditor undan qo’yilgan talabga oqilona muddatda javob olmagan bo’lsa, bu talab subsidiar javobgar bo’lgan shaxsga qo’yilishi mumkin.

Kreditor asosiy qarzdorga bo’lgan o’z talabini qondirishni subsidiar javobgar shaxsdan talab qilishga haqli emas, basharti bu talab asosiy qarzdorga muqobil talabni hisobga o’tkazish yoki mablag’larni asosiy qarzdordan nizosiz undirib olish yo’li bilan qondirilishi mumkin bo’lsa.

Subsidiar javobgar shaxs o’ziga kreditor tomonidan qo’yilgan talabni qondirishdan oldin bu haqda asosiy qarzdorni ogohlantirishi, bordi-yu bunday shaxsga nisbatan da’vo qo’zg’atilgan bo’lsa — asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilishi kerak. Aks holda asosiy qarzdor o’zining kreditorga qarshi e’tirozlarini subsidiar javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qo’yish huquqiga ega.

 

Olmaliq shahar adliya bo’limi boshlig’i                          A.Umarov