Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi


Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’RQ-445-son qonuni qabul qilingan.

Ushbu qonunining 9-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish davlat organining, tashkilotning rahbari yoki boshqa mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun davlat organlarida, tashkilotlarda maxsus tarkibiy bo’linmalar tashkil etilishi mumkin, qabul uchun mas’ul bo’lgan mansabdor shaxslar belgilanadi.

Ushbu qonunga ko’ra,davlat organlarining rahbarlari yoki bu borada vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxslari tomonidan jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy va ommaviy sayyor qabullar tashkil etilishi mumkin.

Mazkur qonunga ko’ra, Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvaliga muvofiq o’tkaziladi.

Qabul qilish jadvali va uni o’tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to’g’risidagi axborot, qabul qilish tartibi ularni davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish, shuningdek ularning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo’lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.

Ushbu qonun talabiga asosan,shaxsiy qabul davomida davlat organi, tashkilot rahbarining qaroriga ko’ra va murojaat etuvchiga bu haqda xabar bergan holda maxsus texnika vositalari (audio va videoyozuv, shuningdek fotosuratga olish) qo’llanilishi mumkin.

Shuningdek,og’zaki murojaatlar real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan davlat organlarining, tashkilotlarning ishonch, tezkor aloqa telefonlari orqali va videokonferensaloqa vositasida ham berilishi mumkin.

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi yetakchi maslahatchisi

Ro’ziyev Baxtiyor