Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Garov to‘g‘risidagi shartnoma, uning shakli va shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi


Garov to‘g‘risidagi shartnoma, uning shakli va shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi

Garov to‘g‘risidagi shartnoma, uning shakli va shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish.

Garov to‘g‘risidagi shartnomada garov narsasi va uning bahosi, garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning mohiyati, miqdori va bajarilish muddati yoxud garov narsasini hamda garov bilan ta’minlanadigan majburiyatni identifikatsiya qilish uchun yetarli bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Unda garovga qo‘yilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham ko‘rsatilishi kerak.

Garov narsasi mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali, shu jumladan mazkur mol-mulkni alohida tur yoki tasnif sifatida tavsiflash vositasida identifikatsiya qilinishi mumkin.

Garov bilan ta’minlanadigan majburiyat garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymatidan qoplanishi mumkin bo‘lgan majburiyatning eng ko‘p summasini ko‘rsatish yo‘li bilan identifikatsiya qilinishi mumkin.

Garov to‘g‘pisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak.

Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kepak bo‘lgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash yuzasidan ko‘char mol-mulkni yoki mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalarini olish chog‘idagi ipoteka va garov to‘g‘risidagi shartnomalar mustasno.

Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma tegishli mol-mulkka doir bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

Ushbu moddaning to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi qoidalarga rioya qilmaslik garov to‘g‘risidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.

Garov shartnomasiga ko‘ra, qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat bo‘yicha o‘z talabi garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulk egasi bo‘lgan shaxs (garovga qo‘yuvchi)ning boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga, qonunda nazarda tutilgan tartibda haqli bo‘ladi.

Garovga oluvchi garovga qo‘yilgan mol-mulkni yo‘qotganlik yoki unga ziyon yetkazganlik uchun sug‘urta haqidan, bu mol-mulk kimning foydasiga sug‘urta qilingan bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z talabi yuqoridagi asoslarda qanoatlantirilishiga haqli, basharti mol-mulkni yo‘qotish yoki unga ziyon yetkazish garovga oluvchi javobgar bo‘lgan sabablarga ko‘ra yuz bergan bo‘lmasa.

Garov shartnoma yoki qonun asosida amalda yuzaga keladi.

Fuqarolik kodeksining 265-moddasiga ko‘ra, garov turlari- zakalat, ipoteka, shuningdek huquqlar garovi tarzida amal qilishi mumkin.Garovga qo‘yiladigan mulk garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga oluvchiga o‘tkazilganda garov zakalat deb hisoblanadi.Ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish ipoteka hisoblanadi.

Olmaliq shahar adliya bo‘limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi yetakchi maslahatchisi

Ro‘ziyev Baxtiyor