Янгиликлар
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashning usullari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashning usullari
Ma’lumki, 2014 yil 5 may kungi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi O’RQ-369-son qonuni qabul qilingan.
Ushbu qonunning 11-moddasiga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash usullari quyidagilardan iborat:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risidagi axborotni e’lon qilish (chop etish);
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risidagi axborotni ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish va yangilab borish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risidagi axborotni hamma kirishi mumkin bo’lgan xonalarga va joylarga joylashtirish hamda yangilab borish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risidagi axborotni axborot-kutubxona va arxiv fondlari orqali taqdim etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo’lishi uchun sharoitlar yaratish;
axborotdan foydalanuvchilarning so’rovi asosida ularga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risida og’zaki va yozma shaklda (shu jumladan elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etish orqali amalga oshirilishi belgilan qo’yilgan.
Olmaliq shahar FHDY bo’limi mudirasi
M.Axmedova