Янгиликлар
Parlament nazorati shakllari
Parlament nazorati shakllari
Parlament nazorati shakllari quyidagilardan iborat:
Davlat byudjeti ijrosining borishini ko’rib chiqish;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzasini ko’rib chiqish;
Vazirlar Mahkamasining O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga mo’ljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi to’g’risidagi hisobotini ko’rib chiqish;
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish;
Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat a’zolarining o’z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish;
Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish;
Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish;
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish;
parlament so’rovi;
Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so’rovi;
Qonunchilik palatasi, Senat qo’mitalari tomonidan davlat organlari, xo’jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish;
qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qo’llash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qo’mitalari tomonidan o’rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringni amalga oshirish;
parlament tekshiruvi.
Parlament nazorati qonunga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Olmaliq shahar FHDY bo’limi mudirasi
M.Axmedova