Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risidagi Qonunga muvofiq jins bo’yicha bevosita kamsitish va bilvosita kamsitish deganda nima tushuniladi?


Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risidagi Qonunga muvofiq jins bo’yicha bevosita kamsitish va bilvosita kamsitish deganda nima tushuniladi?

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabr kuni
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi O’RQ- 562-son qonuni qabul qilingan.

Ushbu Qonunning 3-moddasiga ko’ra, gendir tenglik bu— xotin-qizlar va erkaklar o’rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo’ladigan ijtimoiy jihatlardan biridir deya ta’rif berilgan.

Ushbu Qonunda jins bo’yicha bevosita kamsitish va bilvosita kamsitish deganda nimalar nazarda tutilishiga ham to’xtalib o’tilgan.

jins bo‘yicha bevosita kamsitish — jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning huquqlari hamda erkinliklarini tan olmaslikka qaratilgan har qanday tarzda farqlash, istisno etish yoki cheklash, shu jumladan oilaviy holati, homiladorligi, oilaviy majburiyatlari tufayli kamsitish, shuningdek shahvoniy shilqimlik qilish, teng mehnat va malaka uchun har xil haq to‘lash;

jins bo‘yicha bilvosita kamsitish — bir jinsdagi shaxslarni boshqa jinsdagi shaxslarga nisbatan noqulayroq holatga tushirib qo‘yadigan vaziyatlarni, holatlarni yoki mezonlarni yaratish, shu jumladan gender tengsizlikni ommaviy axborot vositalari, ta’lim, madaniyat orqali targ‘ib etish, muayyan jinsdagi shaxslar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar yoxud talablar belgilash.

Ushbu sohani bevosita tartibga soluvchi, O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabr kuni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi O’RQ-562-son qonuni qabul qilingan. Qonunning maqsadi, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashdan iborat.

 

Olmaliq shahar YUXKM

bosh yuriskonsulti                                        Matluba Ashurova