Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Davlat hokimiyatining bo’linishi prinsipi deganda nimani tushunamiz? Ushbu prinsipning mazmun-mohiyatini nimalardan iborat?


Davlat hokimiyatining bo’linishi prinsipi deganda nimani tushunamiz? Ushbu prinsipning mazmun-mohiyatini nimalardan iborat?

Ma’lumki, Konstitutsiyamizning 11-moddasiga asosan O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linadi. Hokimiyatning bo’linishi printsipi adolatli, demokratik, huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biri hisoblanadi Hokimiyatning qonun chiqaruvchi organini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qanunchilik Palatasi amalga oshiradi OMQP 150 deputatdan iborat.

Hukumatning ijro hokimiyati esa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

Hukumatning sud tizimim - O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Fuqarolik, Jinoiy, Iqtisodiy va Ma’muriy sudlari,shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi Viloyatlar,tuman va shaharlar fuqarolik,jinoyat,iqtisodiy va ma’muriy sudlaridan iborat.

     Konstitutsiyaning 11-moddasida: “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanadi”, — deb belgilandi. Shu asosda O’zbekistonda hokimiyatni amalga oshiruvchi organlar tizimi barpo etildi.

     Mamlakatimizda qonunchilik hokimiyati Oliy Majlis, ijro hokimiyati Vazirlar Mahkamasi va hokimlar, sud hokimiyati O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Fuqarolik, Jinoiy, Iqtisodiy va Ma’muriy sudlari, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi Viloyatlar,tuman va shaharlar fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy sudlar orqali amalga oshiriladi. Hokimiyatning bo’linishi prinsipidan kelib chiqib, har bir alohida hokimiyat tuzilmalarining vakolatlari aniq belgilab qo’yiladi.

Hokimiyat bo’linishi prinsipi faqat vakolatlarni aniq belgilab qo’yishnigina nazarda tutmaydi. Hokimiyat bo’linishi prinsipi:

- vakolatlarni biror-bir organ yoki shaxs qo’lida haddan ortiq asossiz to’planishiga barham beradi;

- hokimiyat tuzilmalarining bir-birining vakolatini egallash,

- ishiga asossiz aralashuviga chek qo’yadi;

- turli hokimiyat organlari bir-birini nazorat qilib borishini ta’minlaydi.

Hokimiyatning bo`linishi prinsipini joriy qilish faqat hokimiyat tuzilmalarini normal, yaxshiroq, malakaliroq ishlashini ta’minlash uchungina emas, avvalo bu prinsip hokimiyatni to’g’ri tashkil qilish natijasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini to’la ta’minlash, manfaatlarini kengroq, to’laroq ifodalashni maqsad qilib qo’yadi. Chunki, har bir hokimiyat tuzilmasi o’z vazifasini to’la va malakali bajarsa, huquq buzilishlariga barham beriladi.

Hokimiyatning bo’linishi prinsipi hokimiyat tuzilmalarini bir biridan holi, mustaqil bo’lishiga imkon yaratadi. Demokratik davlatda bu, ayniqsa, muhimdir.Hokimiyatning bo’linishi prinsipi aslo davlat hokimiyatining yagonaligiga putur yetkazmaydi. Yagona davlat hokimiyati kuchli funksiya va vazifalarni amalga oshirish zarurligidan kelib chiqib,uning qonunchilik, ijro etish, sud faoliyatini kuchli, shu sohaga ixtisoslashgan organlar olib borishini nazarda tutadi. Ularning mustaqilligi esa, o’zlariga yuklangan vazifalarni to’la bajarish imkoniyatini yaratadi.

Hokimiyatning bo’linishi prinsipining qonuniy asoslari mavjud. Lekin bu prinsipni yanada kengroq amalga joriy etish uchun ko’plab qo’shimcha tadbirlar o’tkazilmoqda.

Mamlakatimizda ikki palatali parlamentga o’tish, quyi Qonunchilik palatasini professional asosda doimiy ishlovchi organga aylantirish ham, eng avvalo, hokimiyatning bo’linishi prinsipini chuqurroq joriy etishni ko’zlagan.

Olib borilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlar ham hokimiyatning bo’linishi prinsipi asosida sudlarni haqiqiy mustaqilligiga erishishni nazarda tutadi.

Davlat hokimiyatining bo’linishi prinsipini mahalliy davlat hokimiyati organlariga nisbatan ham joriy etish mahalliy davlat organlari ishini takomillashtirishga olib kelishi haqidagi fikrlar hozirgi kunda o’z isbotini topmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ijro hokimiyatining boshlig’i vakolatining bekor qilinishi hokimiyatning bo’linishi prinsipini yanada kengroq qo’llash imkoniyatini tug’dirdi.

Demokratiya jarayonlarini rivojlanishi davlat qurilishi va boshqaruvini yanada erkinliklashtirish siyosati hokimiyatning bo’linishi prinsipini yanada chuqurroq qo’llash imkonini berdi.

 

Olmaliq shahar YUXKM

bosh yuriskonsulti                                        Matluba Ashurova